Mark Tullij Ciceron Tri Traktata Ob Oratorskom Iskusstve Pdf

'-de'n-pilon-upravlenie-razrabotkoj-po-Pdf 2018-12-12T04:02:25+03:00 daily.mygoods.club/article/mark-tullij-ciceron-tri-traktata-ob-oratorskom-iskusstve.

Opera omnia, 1566 Sitseron Mark Tulliy (Marcus Tullius Cicero) (mil. 106.3.1, Arpinum — mil.

43.7.12, hozirgi Gaeta yaqini) — Rim siyosiy arbobi, notiq, yozuvchi. Rimda tahsil olib, notiqlik sanʼatini egallaydi, soʻng Afina, Kichik Osiyo va Rodosda oʻz bilimini mukammallashtiradi. Elchilik davrida (mil. 63 y.) Katalina fitnasini fosh etgani uchun 'fuqarolik chambari' bilan tadkirlanadi va Rim fukarolari orasida birinchi boʻlib 'Yurt otasi' unvoniga sazovor boʻladi.

Ammo rimlik fitnachilarni sudsiz qatl etgani sababli mil. 58 yilda quvgʻinga uchrab, xorijda yashashga majbur boʻlgan. Sezar oʻddirilgach (mil. 44 y.), Antoniy buyrugʻi bilan qatl etilguniga qadar Rimning amaldagi hukmdori sanalgan. Siyosat, falsafa va adabiyotda 'oʻrta oqim' hisoblangan barqarorlik va vazminlik aqidalariga sodiq boʻlgan. 'Aralash davlat tuzilmasi' (monarxiya, aristokratiya va demokratiyaning qoʻshilishidan paydo boʻlgan hokimiyat) S.ning siyosiy ideali boʻlib, mil. 2-asr boshidagi Rim respublikasini buning namunasi deb hisoblagan.

Faylasuf sifatida atomizmta qarshi chiqdi, jonni oʻlmas va abadiy deb bildi, real tasavvurlarni real boʻlmagan tasavvurlardan farq qilish uchun mezon yoʻq deb hisobladi. Falsa-fiy asarlarida etika masalalariga asosiy eʼtiborni qaratdi. Yunon falsafasi atamalarini ishlab chiqdi. Davlat haqidagi risolalarida davlatni xususiy mulkni himoya qiluvchi, umumiy huquq meʼyorlariga asoslangan ki-shilar uyushmasi sifatida talqin etdi. S.ning 58 ta nutqi, 19 ta asari va 800 dan ziyod maktublari saqlanib qolgan. Asarlari Rimdagi fuqarolar urushi davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manbai hisoblanadi.

Jahon tarixida notikdik sanʼatini mukammal egallagan kishi sifatida shuhrat qozongan. Uning turli sud jarayonlarida soʻzlagan nutqlari notiklik sanʼatining eng yuksak namunalaridir.

Download the best free action games for android. Android free download Grand Theft Auto San Andreas. Klyuch dlya kaspersky endpoint security 10 for windows.

Oʻz asarlari ('Yaxshilik va yomonlikning chegaralari toʻgʻrisida', 'Davlat toʻgʻrisida', 'Qonunlar toʻgʻrisida', 'Majburiyatlar toʻgʻrisida' va boshqalar) hamda nutqlari bilan Rim mumtoz nasri va adabiy tiliga tamal toshini qoʻygan. S.ning 'Verresga qarshi nutqlar', 'Katilinaga qarshi nutqlar', 'Orator haqida' traktatini Oybek oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Manbalar [ ] • Rim adabiyoti, T., 1939; Rechi, t. 1—2, M., 1962; Tri traktata ob oratorskom iskusstve, M., 1972; Izbrannie sochineniya, M., 1975.

Adabiyot [ ] • Utchenko S, Sitseron i yego vremya, M., 1972.