Mehrobdan Chayon Kino

• Elif Batuman The Possessed: Adventures with Russian Books and the. 2011 'literary-historical landmark I had been waiting for: the emergence of an indigenous novel form.

Xullas, 'Mehrobdan chayon' hayot haqiqatini 'orttirmay va kamitmay' oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obidadir. Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.

Abdulla Qodiriy's Past Days, considered to be the first Uzbek novel, was serialized in the magazine in 1922–25. ' • Bayram Rahimguliyev The fate of the first Turkmen novel: From the Bloody Claw. - 2009 - Page 40 O 'tgan Kunlar (Days Gone By) by Abdulla Qodiriy, Quluq Qon (Holy Blood) by Muso Toshmuhammadogli Aybek and Tushda.

This article about a 1920s novel is a. You can help Wikipedia.

O‘zbek adabiyotshunosligida Abdulla Qodiriy ijodi bilan bog‘liq juda ko‘p ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Yozuvchi romanlarining o‘ziga xos ichki qurilishi, murakkab tizimga asoslangan yaxlitligi tuganmas xazina singari tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Adib ijodiga bag‘ishlangan bu tadqiqotlar, mulohazaga chorlovchi fikrlar, tahlilda yangicha yondoshuvlar o‘zbek adabiyotshunosligini ilmiy-nazariy jihatdan boyishiga xizmat qiladi. Mazkur maqolada adib romanlari shakliy qurilmasidagi ba’zi o‘ziga xos jihatlarga e’tibor qaratmoqchimiz.

“O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlaridagi muqaddima va xotimalar, ya’ni muallif tomonidan berilgan izohlar o‘zining mazmun-mundarijasi bilan diqqatimizni tortdi. Mana shu kichik izohda muallif yirik romani vositasida ko‘zlagan niyatini umumlashtirib berishga harakat qilgan. Bu ham yozuvchi uslubining o‘ziga xosligi. E’tiborli jihati, adibning mana shu izohlari hali adabiyotshunoslar tomonidan maxsus o‘rganilmagan.

Saturday, May 20th, 2017 from 9:00 a.m. To approximately 5:00 p.m. Patrick School is scheduled as follows: NYSSMA Solo and Small Ensemble Festival: Zone 14 - Area 2 Friday, May 19th, 2017 from 4:00 to approximately 9:00 p.m. Registration for the NYSSMA Solo festival is done by your child's school music teacher. Nyssma manual edition 31 online. Spring 2017 NYSSMA Solo/Small Ensemble Festival for Bay Shore Schools and The St.

Roman yozilgan yillarda milliy adabiyot uchun begona sanalgan roman janrning o‘zi izoh talab etardi. Zaruriyat majburiyatning yuzaga kelishiga zamin bo‘ldi.

Majburiyatning esa o‘z sabablari bor edi, albatta. Shuning uchun adib o‘zi maxsus izoh berib o‘tishni ma’qul ko‘rdi. Abdulla Qodiriy roman yozish uchun ruhiy jihatdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. Avvalambor, imon taqozosi bilan diniy savodini mustahkamlash niyatida madrasada o‘qidi. Ruhiy xotirjamlik va ilohiy quvvat ijodkor uchun eng muhim jarayon. Xalq og‘zaki ijodini va dunyo adabiyoti an’analarini o‘rgandi. Mana shu bosqichlardan o‘tib, nihoyat, katta ishga qo‘l urdi.

Mehrobdan chayon uzbek kino

Xalq saviyasi va didini e’tiborda tutib, voqelikni bir tizimga solib, maqsadni yagona nuqtaga uyushtirib, yozuvchi g‘oyasining modeli bo‘lmish romanni yozdi. Qodiriyshunoslikda badiiy asarlardagi tarixiy voqelik va badiiy to‘qima, yozuvchining roman yozish laboratoriyasi hali to‘liq o‘rganilmagan. Buning bosh sababi sifatida, yozuvchining shaxsiy arxivida roman ustida olib borilgan ish jarayonini kuzatishga imkon beruvchi manbalarning yo‘qligi hamda asar qo‘lyozma variantlarining saqlanib qolmaganligini ko‘rsatish mumkin. Aslida, ijodkor o‘zigacha bo‘lgan adabiy an’analar zaminida ijod qilishi tabiiy.

“Pushkin o‘z poemalarini hech narsa yo‘q joyda yozgan emas. Hech bir shoir she’r yozish texnikasini, qofiya va ritmni, syujetning o‘ziga xos tarzda qurilishini yolg‘iz o‘zi o‘ylab topgan emas. Shoirlar aslida xalqona syujet va kompozitsiya, she’r texnikasi, undagi obrazlar, usullarni ulkan adabiy an’analar tizimiga va tartibiga solib, ertak shaklida hikoya qiluvchi roviylardir”. Shunday ekan, Qodiriy ham o‘z romanini yaratishda xalqning ulkan an’analariga asoslandi, milliy eposga tayandi. Muallif xalqning yangi shakldagi badiiy so‘zga ehtiyoj sezayotganini qalban angladi, o‘zida majburiyat his etdi, unga Yaratgan kuch-quvvat, bilim va iste’dod ato etdi.

Ehtiyoj va istak hosilasi o‘laroq, yangi o‘zbek romani dunyo yuzini ko‘rdi. Tarixiy voqelikka baho berayotganda davr va vaziyatni hisobga olish lozim. Hali zamonaviy o‘zbek nasri shakllanmagan va roman degan janr begona sanalgan bir paytda “O‘tkan kunlar” dunyo yuzini ko‘rdi. U “ Yozg‘uchidan” deb nomlangan so‘zboshi bilan boshlandi. Adib tomonidan berilgan kichik izohda juda ko‘p masalaga oydinlik kiritish mumkin bo‘lgan nuqtalar mavjud: “ Yozmoqqa niyatlanganim ushbu – “O‘tkan kunlar”, yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan tanishish yo‘lida kichkina tajriba, yana to‘g‘risi bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi – ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takammulga yuz tutishi tabiiy bir holdir”.